Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik

Yoshlarimiz uchun yangi loyiha: “Kelajak uchun xorijiy til” — kelajakni birgalikda barpo etamiz!

25.12.2025 717

Yoshlarimiz uchun yangi loyiha: “Kelajak uchun xorijiy til” — kelajakni birgalikda barpo etamiz!

O‘quvchilarimizning xorijiy tillar yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash, ular uchun yana-da kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi loyihani yo‘lga qo‘ydik.

Endi bitiruvchi sinf o‘quvchilari xorijiy tillarni bevosita xorijlik ustozlardan o‘rganish, maktabni til bilish sertifikatiga ega holda bitirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu — katta loyiha, unda qariyb 40 ming nafar 11-sinf o‘quvchilarining ishtirok etishi kutilmoqda. Intensiv darslar asosida ular til bilish sertifikati sinovlariga tayyorlanishadi. Muhimi barcha jarayonlar bepul tarzda tashkil qilinadi.

Ayni vaqtda poytaxtimizda katta uyushqoqlik bilan loyiha doirasida test sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu testlar natijasida biz o‘quvchilarning til bilish darajalarini aniqlash hamda shu asosda guruhlarga ajratishni maqsad qilganmiz.

Shuni alohida aytishni istardim, 3 kundan beri davom etayotgan testlarda yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etishmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda erishilayotgan amaliy natijalarimizdan darak beradi.

Umuman, bularning hammasi yoshlarimiz, ularning sifatli ta‘lim olishi va malakali kadr bo‘lib yetishishi yo‘lida qilinmoqda. Zero, bilimli, keng dunyoqarashli farzandlarimiz taraqqiyotning asosi demakdir.

#Toshkent_tajribasi #Language_for_the_future

@hilola_umarova