Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Yilning innovatsion haftaligi boshlanishiga oz fursat qoldi!
Yilning innovatsion haftaligi boshlanishiga oz fursat qoldi!
9-11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “InnoWeek-2025” haftaligi “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida boʻlib oʻtadi.
Bu yilgi tadbirda 400 ga yaqin yangi ishlanmalar, 100 dan ziyod innovatsion mahsulotlar namoyish etilib, 15 mingga yaqin ishtirokchi tashrif buyurishi kutilmoqda. Kun tartibidan ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt, tibbiyot va biotexnologiyalar, ta’lim sohasiga oid elektron yechimlar, agrosanoat texnologiyalari, aqlli shaharlar hamda robototexnika kabi yo‘nalishlar joy olgan.
Haftalikda ishtirok etgan eng yaxshi g‘oyalar egalari o‘z startaplarini xalqaro bosqichga olib chiqish uchun xorijga bepul yo‘llanma yutib olishi mumkin.
Ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi “Innoweek-2025”da!
@hilola_umarova