Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Yashil makon — Farzandim bilan nihol ekaman
🌳 Yashil makon — Farzandim bilan nihol ekaman
📍 Xiva shahridagi Prezident maktabi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-noyabrdagi 66-son majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xiva shahridagi Prezident maktabida “Farzandim bilan nihol ekaman” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya davomida o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar birgalikda maktab hovlisiga turli xil manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekishdi. Tadbir nafaqat maktab hududini yanada ko‘rkamlashtirdi, balki o‘quvchilar qalbida ekologik mas’uliyat, tabiatga mehr va yurtga munosib hissa qo‘shish tuyg‘ularini mustahkamladi.
Ko‘chat ekish — kelajak avlodga berayotgan eng yaxshi sovg‘amiz.
Aksiyada faol ishtirok etgan barcha ota-onalar, o‘quvchilar va ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube