Maktab yangiliklari · Tadbirlar

“Yangi O’zbekiston” universitetida "Yandex ML School" sinfining ochilish marosimi o'tkazildi

13.10.2025 789

✅✅✅✅

“Yangi O’zbekiston” universitetida "Yandex ML School" sinfining ochilish marosimi o'tkazildi

🗓Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Yandeks” kompaniyasi bilan hamkorlikda sun’iy intellekt sohasida muhim bosqich — “Yandex ML School” sinfining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari Sevara Shakirova ishtirok etdi.

🎓 “Yandex ML School” o‘quv dasturlari Moskvadagi “Yandeks” ma’lumotlar tahlili maktabi tajribasi asosida tuzilgan bo‘lib, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha zamonaviy bilimlarni o‘z ichiga oladi.

📊 Dasturga 3 000 dan ortiq ariza topshirilgan, ikki bosqichli tanlovdan so‘ng esa eng iqtidorli 31 nafar talaba tanlab olindi. Ular 1 yil davomida bepul ta’lim oladilar.

💡 Bu loyiha yoshlarning raqamli sohada chuqur bilim olishiga, kelajakda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishda faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.