Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
Yangi marralar sari!🇺🇿
#XivashahridagiPrezidentMaktabi
#InternationalOlympiad
🇺🇿Yangi marralar sari!🇺🇿
Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Shohjahon Ko‘palov o‘z iste’dodi va bilimdonligi bilan nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosdagi nufuzli matematika olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.
🇺🇸 Ayni damda u AQShning Nyu-York shahrida, mashhur Columbia universitetida o‘tayotgan “Copernicus” xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda.
Shohjahonning bu yutug‘i — maktabimiz o‘quvchilarining intilishlari, ustozlarimizning fidokorona mehnati va ta’limga berilayotgan yuksak e’tiborning natijasidir. ✨
🌍Biz chin dildan ishonamiz, o‘quvchilarimizning bunday yutuqlari yurtimiz nufuzini dunyo miqyosida yanada oshirib boradi.