Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

XORAZMNING "MARD O‘G‘LONLARI"

28.06.2025 924

🏅XORAZMNING "MARD O‘G‘LONLARI"

Yurtimizda fidoyi, bilimli va tashabbuskor yoshlar davlat e’tiborida.

Ana shunday yoshlardan ikki nafari – Xorazmdan: Maqsadbek Egamberdiyev va Alibek Umirboyev bo‘ldi.

Prezidentimizning "Yoshlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan: Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li – Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi, xalqaro matematika olimpiadalari g‘olibi, bilimdonligi va o‘tkir zehni bilan yurtimiz faxriga aylangan.

Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li – "Yangi O‘zbekiston" universiteti 1-bosqich talabasi, o‘tgan 2024-yilda Xiva shahridagi Prezident maktabini muvaffaqiyatli tamomlab, hozirgi kunda ilm-fan yo‘lida izlanayotgan, kelajagi porloq yoshlarimizdan biridir.

Ularning "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanishi – yosh avlodga bo‘lgan yuksak ishonch, ularning bilim va fidoyiligiga berilgan munosib bahodir.

Maqsadbek va Alibekka kelgusida xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlar va yorqin istiqbol tilaymiz!