Xorazm viloyatida Agentlik tizimidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Xorazm viloyatida Agentlik tizimidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
🤩Bugun Agentlik direktori Sevara Shokirova Xorazm viloyatiga tashrifi davomida tizimdagi maktablar faoliyati va 2025/26 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida:
➡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Urganch filialida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.
➡️ Al-Xorazmiy universitetining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
➡️ Urganch shahridagi 1-son, Bog‘ot tumani, Urganch tumani va Xiva shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
➡️Shuningdek, Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham amaldagi sharoitlar va jarayonlar ko‘zdan kechirildi.