Maktab yangiliklari

Xiva shahridagi Prezident maktabining bir guruh o‘quvchilari Xiva temir yo‘l vokzaliga amaliy tashrif amalga…

05.05.2026 694

Xiva shahridagi Prezident maktabining bir guruh o‘quvchilari Xiva temir yo‘l vokzaliga amaliy tashrif amalga oshirdilar. Tashrif davomida o‘quvchilar vokzal faoliyati, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda xavfsizlik qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan suhbatlar orqali o‘quvchilarga jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, tartib-intizomga rioya qilish hamda shaxsiy mas’uliyat haqida zarur tushunchalar berildi.

Mazkur tashrif o‘quvchilarning amaliy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirdi.