Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Xiva shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari ChQBT rahbari Ruzimov R.
Xiva shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari ChQBT rahbari Ruzimov R. hamda tarbiyachi-pedagog Atabayeva Sh. rahbarligida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahrida joylashgan “Xotira va qadrlash” xiyoboniga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif davomida o‘quvchilar Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etdilar hamda xiyobonga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.
Tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish hamda tarixiy xotirani asrab-avaylashga xizmat qildi.