Maktab yangiliklari · Tadbirlar

Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil…

06.04.2026 574

Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tadbir Xiva shahar Oilaviy poliklinika mutaxassislari hamda maktab hamshiralari hamkorligida o‘tkazildi. Ko‘rik davomida o‘quvchilar ko‘z kasalliklari, teri kasalliklari bo‘yicha mutaxassislar, travmatolog va terapevt tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari ham amalga oshirildi.

Ushbu tibbiy ko‘rik o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil qilindi.