Maktab yangiliklari · Maktab hayoti
Xiva shahridagi Prezident maktabida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
Xiva shahridagi Prezident maktabida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur dars Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning adolatli davlat boshqaruvi, yuksak harbiy salohiyati hamda boy ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirish orqali faol ishtirok etdilar.
Ushbu mashg‘ulot o'quvchilar ongida milliy tariximizga hurmat, Vatanga sadoqat hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga munosib bo‘lish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.