Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Xiva shahridagi Prezident maktabida “Hosil bayrami” keng nishonlandi.
#Hosil_bayrami 🌾
🍁 Xiva shahridagi Prezident maktabida “Hosil bayrami” keng nishonlandi. Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar hamda mehmonlar kuz faslining fayzi va mehnat mevasini tantanali tarzda qarshi oldilar.
🌾 Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli milliy taomlar, meva-sabzavotlar ko‘rgazmalari, sahna chiqishlari hamda kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tabiatga mehr va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek, jamoaviylik va ijodkorlikni rivojlantirishdan iborat.
“Hosil bayrami” maktab jamoasiga quvonch, iliq kayfiyat va bir-biriga mehr-muhabbat ulashgan unutilmas kun bo‘ldi.
🏛 Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube