Maktab yangiliklari · Tadbirlar

Xiva shahridagi Prezident maktabida buyuk mutafakkir va shoirlar

05.02.2026 1003

Xiva shahridagi Prezident maktabida buyuk mutafakkir va shoirlar —
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan
“Buyuk siymolar” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda o‘quvchilar buyuk ajdodlarimizning hayoti, ijodi va ma’naviy merosini o‘z tasavvurlari orqali rang-barang va mazmunli tasvirlarda ifodaladilar. Ushbu ijodiy ishlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va san’atga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamladi.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.
Bunday tadbirlar o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va buyuk ajdodlarimiz merosini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Buyuk siymolar — yoshlar qalbida abadiy!

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube