Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
Xiva shahridagi Prezident maktabida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ertalab ayol ustozlar…
Xiva shahridagi Prezident maktabida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ertalab ayol ustozlar va xodimalarni bayramona kayfiyatda kutib olish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab jamoasi tomonidan ustozlar va xodimalarga gullar ulashilib, ularga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Ushbu e’tibor va hurmat maktab jamoasida iliq muhit yaratib, bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Fursatdan foydalanib, barcha aziz va mo‘tabar ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube