Maktab yangiliklari · Tadbirlar

Xiva shahridagi Prezident maktabida 1–25 noyabr kunlari o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”…

25.11.2025 863

Xiva shahridagi Prezident maktabida 1–25 noyabr kunlari o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Korrupsiyadan holi hudud” shiori ostidagi navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda o‘quvchilar ota-onalari, mahalla faollari hamda jamoatchilik ishtirok etib, maktabdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Maktab bo‘ylab sayohat – sinfxonalar, laboratoriyalar va STEAM xonalarida dars jarayonlari kuzatildi.
🔹 Ma’ruza va taqdimotlar – KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH virtual akademiyasi haqida ma’lumot berildi.
🔹 Interaktiv muloqot – ota-onalar savollariga javoblar berildi.
🔹 Fikr-mulohaza sessiyasi – ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube