Maktab yangiliklari · Maktab hayoti
Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Urganch shahridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga…
Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Urganch shahridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida muzey xodimlari tomonidan jadidlar hayotiga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilar qatag‘on davri qurbonlariga bag‘ishlangan eksponatlar bilan tanishtirildi.
Ushbu ma’rifiy sayohat o‘quvchilarga xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan qatag‘on davri voqealari, jadid bobolarimizning hayoti va faoliyati haqida yanada kengroq tushuncha berdi.
Tarixni anglash — kelajakni bunyod etishda mustahkam zamin yaratadi.