Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
Vatan himoyasi – sharaf, uni qadrlash esa – burchdir.
Vatan himoyasi – sharaf, uni qadrlash esa – burchdir.
Xiva shahridagi Prezident maktabida 2026-yil 12-yanvar, haftaning dushanba kuni barcha sinf o‘quvchilari uchun
“Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur darslar orqali o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, mardlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilishning sharafli burch ekanligi haqidagi tushunchalarni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
“Kelajak soati” mashg‘ulotlari o‘quvchilarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etib, ularni ongli, mas’uliyatli va faol fuqarolar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube