Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Umumiy natija — 210 ta medal, ularning 40 tasi oltin!

15.12.2025 532

Umumiy natija — 210 ta medal, ularning 40 tasi oltin!

✅ 2025-yilda yurtimiz o‘quvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi hamda jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.

📊Ma’lumot uchun: xalqaro fan olimpiadalarida 2019-yilda — 30 ta, 2020-yilda — 25 ta, 2021-yilda — 45 ta, 2022-yilda — 41 ta, 2023-yilda — 96 ta, 2024-yilda — 128 ta medal qo‘lga kiritilgan.

➖ Shuningdek, fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etildi — Birlashgan Arab amirliklarida bo‘lgan xalqaro kimyo olimpiadasida —
2 ta oltin, Boliviyada bo‘lgan xalqaro informatika olimpiadasida — ilk kumush.

🌐 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 50 ta (7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza), Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam sifatida tan olindi.