Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik
Ta’limda raqamlashtirish yo‘nalishida yangi hamkorlik
📰📰📰📰📰📰📰
#xalqaro_hamkorlik
Ta’limda raqamlashtirish yo‘nalishida yangi hamkorlik
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasining Hikvision xalqaro tashkiloti jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🌐 Uchrashuvda maktablarda o‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtiroki va xavfsizligini sun’iy idrok orqali tahlil qilish, ota-onalar, maktab rahbariyati hamda Agentlik nazorat guruhini o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
📊 Shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchilarning darsdagi ishtirokini baholash, statistik ma’lumotlarni dashboard tizimi orqali ko‘rsatib berish imkoniyatlari taqdim etildi.
🤝 Tomonlar ta’lim jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalasida o‘zaro takliflarini bildirdilar.
❗️Avvalroq, O‘zbekiston va Finlyandiya hamkorligi haqda xabar bergan edik.