Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik
Ta’lim va texnologiya uyg‘unligi: Al-Xorazmiy universiteti Xitoyda strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
✅ Ta’lim va texnologiya uyg‘unligi: Al-Xorazmiy universiteti Xitoyda strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
Al-Xorazmiy universiteti vakillari Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalari va oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, innovatsion ekotizim, ilg‘or ilmiy ishlanmalar hamda ta’lim va sanoat integratsiyasi bilan yaqindan tanishmoqda.
Tashrif doirasida:
⏺ Zhejiang Texnologiya Universiteti tajribasi o‘rganildi.
⏺ Universal Knowledge – Guangzhi Technology kompaniyasi hamda Deep Robotics va Tuya kabi yetakchi texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatildi.
⏺ Hikvision va Hikrobot kompaniyalari faoliyati bilan tanishuv va kelishuvlar qilindi.
Quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi:
⏺ Akademik hamkorlikni rivojlantirish.
⏺ Talabalar uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
⏺ Zamonaviy robototexnika va sun’iy intellekt laboratoriyalarini tashkil etish.
⏺ Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish.
⏺ Qo‘shma ilmiy-tadqiqot va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.
⚙️ Shuningdek, robototexnika, sun’iy intellekt, IoT, Big Data, aqlli tizimlar va avtomatlashtirish yechimlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
🧠 Mazkur tashrif Al-Xorazmiy universitetida innovatsion muhitni shakllantirish, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.