Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

TALABGORLAR DIQQATIGA!

15.07.2026 547

📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!

🎓 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun muhim xabar!

✅ 2-bosqich imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilishi boshlandi.

✅ SMS-xabarni olgan talabgorlar shaxsiy kabinetlari orqali ruxsatnomani yuklab olib, imtihon sanasi va joyi bilan tanishishlari mumkin.

Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:

✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.

‼️ MUHIM!

Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.

🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar!

Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan vaqt talablariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.