Maktab yangiliklari · Bitiruvchilar

Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova soʻz oldi hamda soʻnggi yillarda sohada…

21.04.2026 346

✅ Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova soʻz oldi hamda soʻnggi yillarda sohada amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar xususida maʼlumot bermoqda.

Unda taʼkidlanganidek, soʻnggi 10 yilda maktabgacha va maktab taʼlimida amalga oshirilgan transformatsiya sohani butunlay yangi qiyofa va yangi bosqichga olib chiqdi.

➖ Xususan, 2016-yildan buyon 304 ta yangi maktab, 625 ta yangi bogʻcha qurildi, 3 598 ta maktab, 2 522 ta bogʻcha rekonstruksiya qilindi, 1 955 ta maktab, 759 ta bogʻcha mukammal taʼmirdan chiqarildi.

2017-yilda maktablar soni 9 680 ta, oʻquvchi oʻrni 4,8 mingta boʻlgan boʻlsa, 2026-yilda maktablar soni 10 193 ta, oʻquvchi oʻrni 5,5 mingtani tashkil etmoqda.

➖ Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 2017-yilda 5 200 tani tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 7,5 barobarga ortib, 39 200 taga yetkazildi.

Buning natijasida maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 2016-yilda 27,7 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib 78 foiz, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi esa 98 foizga yetkazildi.

✅ Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish shuningdek, alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya xizmatlarini koʻrsatish maqsadida 50 ta tuman (shahar)da Ilk rivojlanish markazlari tashkil etildi.

Mazkur markazlarga 4596 nafar alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oilalar farzandlari va bogʻcha bilan qamrab olinmagan bolalar qabul qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍