Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

STEM OLIMPIADASI: XORAZM VILOYATI BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

05.03.2026 475

🏆 STEM OLIMPIADASI: XORAZM VILOYATI BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

Joriy yil 27–28-fevral kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida Xorazm viloyatida STEM olimpiadasining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida o‘tkazilgan ushbu intellektual bellashuv ikki kun davomida haqiqiy bilimlar marafoniga aylandi.

Olimpiada davomida Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning eng iqtidorli, izlanuvchan va innovatsion fikrlovchi o‘quvchilari o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Har bir masala — mantiq, tahlil va kreativ yondashuv sinovi bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida yetakchilar:

🥇 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati-13 ta faxrli o‘rin

🥈 Muhammad al-Xorazmiy maktabi Urganch filiali -11 ta faxrli o‘rin

🥉 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati - 8 ta faxrli o‘rin

🏅 Xiva shahridagi Prezident maktabi-7 ta faxrli o‘rin

🏅 Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi- 6 ta faxrli o‘rin

🏅 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati-6 ta faxrli o‘rin

🏅 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi-5 ta faxrli o‘rin

🏅 Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi-5 ta faxrli o‘rin

🏅 Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi-5 ta faxrli o‘rin

🏅 Urganch tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati-5 ta faxrli o‘rin

🏅 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi-5 ta faxrli o‘rin

🏅 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati-5 ta faxrli o‘rin

🏅 Bog‘ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati - 1 ta faxrli o‘rin

Mazkur natijalar yoshlarimizning nafaqat chuqur bilimga, balki raqobatbardosh fikrlash, tahliliy yondashuv va zamonaviy ko‘nikmalarga ega ekanligini yana bir bor isbotladi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning keyingi bosqichlarda ham yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlariga ishonamiz!

📚 STEM — bu kelajak texnologiyalari va innovatsiyalar poydevori.
Xorazm yoshlari esa ana shu kelajakni bugundan barpo etmoqda!