Maktab yangiliklari · Tadbirlar

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

07.05.2026 1028

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Xorazm viloyati hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida Xiva shahridagi Prezident maktabida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Kutlimuratova Nigora Maharipovna hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida yoshlarning ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasblarni egallashi, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olib, kelajakdagi maqsad va intilishlari haqida fikr almashdilar.