Maktab yangiliklari · Tadbirlar
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi davom etmoqda
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi davom etmoqda
🏫 Xiva shahridagi Prezident maktabida har Payshanba kuni an’anaviy tarzda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.
👩💼 Bugungi uchrashuv Xorazm viloyatining yetakchi va faol ayol rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
✨ Uchrashuv mehmonlari:
🔹 Xorazm viloyati kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Gulsara Qurbonboyeva Ahmedovna
🔹 “Yosh chempionlar” klubi rahbari, tadbirkor Salomat Erjanova Rajabovna
🔹 “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm viloyati rahbari Farog’at Sadullayeva Aminovna
🔹 Respublika Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi hamda Urganch davlat universiteti “Olima ayollar uyushmasi” raisi Nurullayeva Shoira Kushnazarovna
💬 Uchrashuv davomida o‘quvchi qizlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, hayotiy tajriba va motivatsion tavsiyalar bilan tanishdilar.