Maktab yangiliklari

Qadrli yurtdoshlar!

09.05.2026 616

Qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlayman

Inson xotirasi — muqaddas, qadri — ulugʻ. Bugungi musaffo osmonimiz, erkin va osuda hayotimiz uchun mardona kurashgan, bu yoʻlda jon fido qilgan ota-bobolarimizning qahramonligi va jasorati hech qachon unutilmaydi. Ularning soʻnmas yodi va oʻlmas merosi qalbimizda mangu barhayotdir.

Tinchlik oʻz-oʻzidan kelmaydi. Uni asrab-avaylash, qadriga yetish va yosh avlod ongiga singdirish — barchamizning, xususan, siz taʼlim-tarbiya fidoyilarining eng muhim va sharafli vazifangizdir.

Zero, vatanparvar, oʻz tarixini chuqur biladigan va eʼzozlaydigan komil insonlarni tarbiyalash aynan bogʻcha va maktabdan boshlanadi. Shu oʻrinda, millat maʼrifati yoʻlida oʻzini baxshida etgan, yoshlarimizning ilm-fan egallashi uchun zahmat chekkan jadid bobolarimiz hamda yurt kelajagi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan minglab ustozlarimizning pok ruhlari oldida ham bosh egamiz.

Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook