Qadrli va aziz bolajonlar!
Qadrli va aziz bolajonlar!
Sizlarni bugungi quvonchli sana — 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman!
Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagisizlar. Har biringizda yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan ulkan salohiyat, buyuk orzu va cheksiz imkoniyatlar mujassam. Ushbu kuch — Sizning ilmga bo‘lgan intilishingiz, go‘zal tarbiyangiz va yurtga bo‘lgan sadoqatingiz bilan mustahkamlanib boradi.
Bugun maktablarda chuqur o‘rganayotgan fanlaringizga, bir zamonlar bolaligida xuddi sizlar kabi zehni o‘tkir, ilmga chanqoq bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Tinimsiz o‘qish va izlanishlari, ustozlari bergan saboqlar tufayli ular dunyoni lol qoldirgan buyuk shaxslarga aylanishgan. Bugun ilm-fan eshigining kaliti — aynan Sizning qo‘lingizda.
Mamlakatimizda Sizning bilim olishingiz, yuksak orzularingiz sari intilishingiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalaning, orzularingiz sari dadil qadam tashlang.
Men ishonaman, Sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan, bilimli, vatanparvar va kasb-hunar egasi bo‘lgan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz.
Bu kabi shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, ota-onangiz, ustozlaringiz, qolaversa, jonajon O‘zbekistonimiz kutgandek yigit-qizlar bo‘lib ulg‘ayishingizga ishonaman.
Aziz bolajonlar! Sizlarga doimo sog‘lik-salomatlik, baxtli bolalik, oila davrasida quvonchli damlar va orzularingiz ro‘yobini tilayman!
@alisher_ubbiyev