Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
Prezident maktabi o‘qituvchilarining yana bir yutug‘i!
Prezident maktabi o‘qituvchilarining yana bir yutug‘i!
Xiva shahridagi Prezident maktabi ustozlari yuksak natijalari bilan faxrlanishga arzigulik yutuqqa erishdilar.
🇺🇿Kimyo fani bo‘yicha oliy toifali o‘qituvchisi Polvanova Miyassar hamda fizika fani o‘qituvchisi Xaliqberdiyev Bunyod O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Vazir jamg‘armasi” ustamasiga sazovor bo‘ldilar.
📌 Ushbu mukofot doirasida ustozlarimizga 2025-yilning may oyidan boshlab 9 oy davomida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lab boriladi.
Bu yutuq o‘qituvchilarimizning fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyat hissi va kasbiga bo‘lgan sadoqatining yorqin ifodasidir.