Maktab yangiliklari · Tadbirlar

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusining uchinchi yo‘nalishi – Prezident iqtidorli yoshlarni…

12.06.2025 792

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusining uchinchi yo‘nalishi – Prezident iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati.

➖ Bu Hamjamiyat mamlakatning eng iste’dodli yoshlari — Prezident maktabi, Al-Beruniy xalqaro maktabi o‘quvchilari, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarini bir nuqtada birlashtiradi.

Bunda maxsus raqamli platforma orqali yoshlar o‘zaro tajriba almashadi, innovatsion g‘oyalarini muhokama qiladi. Shuningdek, davlat organlari va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqot qilish, mamlakat rivojiga doir muhim qarorlarda fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📝 Bundan tashqari, Hamjamiyat tomonidan yoshlar uchun xalqaro miqyosdagi forumlar, konferensiyalar va treninglarga qatnashish imkoniyati yaratiladi va ular yetakchi ish beruvchilar bilan bevosita hamkorlik qiladi.

Mamlakat rivojiga sezilarli hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Yangi O‘zbekiston poydevorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍