Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyi doirasida “Prezident iqtidorli…

26.06.2025 670

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyi doirasida “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.

💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yal va Princeton kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi. Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.

✅Taqdimot savol-javoblar asosida qizgʻin va interfaol tarzda oʻtdi. Ishtirokchilar xorijiy oliygohlar imtihonlariga tayyorgarlik, xalqaro taʼlim grantlari, stipendiyalar va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari haqida ham qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻldi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube