Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Marshall Cavendish Education (MCE) xalqaro…
📣📣📣📣📣
⏺ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Marshall Cavendish Education (MCE) xalqaro taʼlim tashkiloti o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda MCE xalqaro taʼlim tashkiloti ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari materiallarini ishlab chiqish va imtihon jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
✅Mazkur hamkorlikdan maqsad — milliy o‘quv dasturi va xalqaro standartlarga mos, sifatli baholash vositalarini ishlab chiqish hamda mutaxassislar salohiyatini oshirishdir.
📝Maʼlumot oʻrnida, MCE O‘zbekistonda 2024-yildan buyon faoliyat yuritib, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’limiy resurslarni joriy etish ishlariga koʻmaklashmoqda. 2025-yilda Singapurda MCE ekspertlari tomonidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining mutaxassisslariga 30 soatlik treninglar o‘tkazilgan edi.
🔔 Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube