Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
🇺🇿🇫🇷O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
🔆Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilxom Siradjev hamda Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Valid Fuk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✍️Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va dasturlar baholandi.
⏺Oʻz navbatida Fransiya elchisi ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini taʼkidlab, Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitish borasida olib borilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.
🤝Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan:
➡️maktablarda fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish;
➡️ta’lim jarayoniga til egalarini jalb etish;
➡️”Kelajak” markazlarida fransuz tili to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish;
➡️qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
➡️kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or tajribalarni joriy etish.