Maktab yangiliklari · Tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-noyabrdagi 66-son majlis bayoni ijrosini…

17.11.2025 760

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-noyabrdagi 66-son majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xiva shahridagi Prezident maktabida “Bir ko‘chat — ming nafas!” shiori ostida manzarali daraxtlar ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar va maktab jamoasi vakillari birgalikda ishtirok etib, maktab hududini yanada ko‘rkam qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda kelajak avlodga sog‘lom va yashil muhit qoldirish maqsadida turli xil manzarali ko‘chatlarni yerga qadadilar.

Mazkur tashabbus o‘quvchi-yoshlar ongida tabiatga mehr-muhabbatni kuchaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🌿 Yashil makon — barchamiz uchun musaffo ertangi kun demakdir.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube