Maktab yangiliklari · Tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida o‘tkazilgan majlisning 2026-yil 28-fevraldagi 29-son bayoni…
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida o‘tkazilgan majlisning 2026-yil 28-fevraldagi 29-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Xiva shahridagi Prezident maktabida 1-apreldan 30-aprelga qadar “Fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘quvchi-yoshlar va pedagoglar uchun amaliy-ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida:
-yong‘in xavfsizligi qoidalari,
-favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish,
-maxsus texnika va jihozlardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Ushbu mashg‘ulotlar ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.