Maktab yangiliklari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari

02.07.2026 529

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari

🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi:

🖱️ 1-smena — soat 8:00;
🖱️ 2-smena — soat 11:30;
🖱️ 3-smena — soat 17:00.

⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi!

🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan;
🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq.

✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.