Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
MIT, Garvard, maksimal SAT bali va xalqaro medallar
✅ MIT, Garvard, maksimal SAT bali va xalqaro medallar
Maktab o‘quvchilari va bitiruvchilari tomonidan qayd etilayotgan ijobiy natijalar faoliyat samaradorligini baholashda ijobiy ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 34 nafar 11-sinf o‘quvchilari dunyo reytingida TOP-300ga kiruvchi oliygohlarga 100 foizlik grant asosida muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi;
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatovlar dunyo reytingida 1-o‘rinda turuvchi MIT (Massachusetts Institute of Technology) universitetiga;
✅ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z dunyo reytingida 5-o‘rinda turuvchi Garvard universitetiga to‘liq grant asosida muddatidan oldin qabul qilindi;
✅ Qolaversa, Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo‘ydinov xalqaro SAT imtihonida maksimal – 1600 ball to‘plab, yuksak natijaga erishdi;
✅ 2025 yilda o‘tkazilgan nufuzli, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 127 ta medal (24 ta oltin, 46 ta kumush, 57 ta bronza) qo‘lga kiritildi. Bu o‘zbekistonlik o‘quvchilar qo‘lga kiritgan medallarning 60,4 foizini tashkil etadi.
Joriy yilning I choragi davomida xalqaro, mintaqaviy va nufuzli fan olimpiadalarida 27 ta medal (5 ta oltin, 10 ta kumush, 12 ta bronza) qo‘lga kiritildi.