Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

“Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi

13.06.2026 574

💐 “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi

✨ Joriy yilning 10–12-iyun kunlari “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovining yakuniy bosqichi hamda seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

✨ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, liderlik salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdagi tajribasi va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdilar. Yakunda quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

🥇 I o‘rin — Rustamova Rushana Baxramjonovna (Andijon shahridagi Prezident maktabi);

🥈 II o‘rin — Begmuratova Zoya Asamaddinovna (Nukus shahridagi Prezident maktabi);

🥉 III o‘rin — Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich (To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi).

Uch kun davom etgan seminar-treninglarda ishtirokchilar zamonaviy liderlik ko‘nikmalari, notiqlik san’ati, volontyorlik faoliyati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini boyitdilar. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.