Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
“Ma’naviyat yetakchisi” – Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlangan ma’naviy safar
💐 “Ma’naviyat yetakchisi” – Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlangan ma’naviy safar
🇺🇿 Respublika tanlovi ishtirokchilari uchun ilk manzil Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. U yerda ular yurtimizning boy ma’naviy merosi, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy faoliyati va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qiluvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tajriba almashish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun yangi g‘oya va tashabbuslar manbai bo‘ldi.
Shundan so‘ng “Renessans” oromgohida Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari “Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovida kuch sinashdilar. Bu shunchaki bellashuv emas, balki yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan haqiqiy ilhom va fidoyilik darsi bo‘ldi.
✅ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, liderlik salohiyati va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdilar. Natijada eng sara yetakchilar aniqlandi:
🥇 I o‘rin — Rustamova Rushana Baxramjonovna (Andijon shahridagi Prezident maktabi)
🥈 II o‘rin — Begmuratova Zoya Asamaddinovna (Nukus shahridagi Prezident maktabi)
🥉 III o‘rin — Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich (To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi)
✨ “Hurmatli tanlov ishtirokchilari va g‘oliblar! Sizlar ma’naviyat sohasida haqiqiy yetakchilik namunasini ko‘rsatdingiz. Sizlarning mehnatingiz va fidoyiligingiz yosh avlod tarbiyasida muhim poydevordir. Bunday tadbirlar ta’lim muassasalarida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat va yuksak ma’naviyatni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barchangizga katta muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilayman!”
— Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova