Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik

Mamlakatimizdagi 883 maktabda 1 443 nafar xorijiy til egalari oʻquvchilarga tahsil berib kelmoqda.

21.04.2026 402

✅ Mamlakatimizdagi 883 maktabda 1 443 nafar xorijiy til egalari oʻquvchilarga tahsil berib kelmoqda.

Buning natijasida oʻtgan yillar davomida oʻquvchilarning xorijiy tilni bilish darajasi sezilarli oʻsdi, xususan til bilish sertifikatiga ega maktab oʻquvchilari soni 2026-yilda 40 566 nafarni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2021-yilga (10 960 nafar) nisbatan 3,7 barobarga oʻsdi.

2023–2024-oʻquv yilidan boshlab maktablarda ikkita xorijiy tilga oʻrgatish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, bugungi kunda bunday turdagi maktablar soni 420 taga yetkazildi. Ikkinchi xorijiy til sifatida tanlangan – ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari boʻyicha oʻquv dasturlari yaratildi.

Maktablarda chet tili fanini oʻqitish sifatini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ilgʻor tajribadan kelib chiqib, oʻquvchilarning chet tili fanini oʻzlashtirish darajasi asosida 3 ta guruhga (yaxshi, oʻrta va past) boʻlib oʻqitish belgilab olindi. Aniq yoʻnalishlarni belgilab olish maqsadida 326 ta maktabning 38 ming nafar 11-sinf oʻquvchilarining xorijiy tilni bilish darajasini baholovchi testlari (MOK) oʻtkazildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍