Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Fransiyadagi uchrashuvlari davom etmoqda

11.07.2026 882

📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Fransiyadagi uchrashuvlari davom etmoqda

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov  va “Hachette Livre” nashriyot guruhi rahbariyati o'rtasida 2027–2030 yillar mobaynida fransuz tili darsliklarini mahalliylashtirish va yetkazib berish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzoladi.

Unga ko‘ra, 1–11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Passe-Passe” va “Imagine” fransuz tili darsliklari o‘zbek taʼlim muhiti va madaniy kontekstiga moslashtiriladi. Birgina 2027–2028-o‘quv yili uchun 190 000 nusxadan ortiq darslik va ish daftari yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: “Hachette Livre” – 1826 yilda asoslangan, Fransiyadagi eng yirik va dunyoning yetakchi nashriyot guruhlaridan biri. 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, yiliga millionlab nusxada taʼlim darsliklari, jumladan xorijiy til o‘rgatish materiallari nashr etadi.

🔰 Shuningdek,“France Education International” bosh direktori Anri Zermak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda:

🔹Fransuz tilini o'qitishni rivojlantirish
🔹Pedagog kadrlar malakasini oshirish
🔹Ta'lim sifati monitoringi va baholash tizimlarini takomillashtirish
🔹DELF va DALF testlarini O‘zbekistonda kengaytirish
🔹Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitilayotgan maktablarga “France Education” leyblini taqdim qilish amaliyotini kengaytirish.
kabi yo'nalishlardagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍