Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shahrisabz davlat…
✅✅✅✅
#Universitetlar_faoliyati
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shahrisabz davlat pedagogika institutida bo‘ldi.
➖ Unda vazir o‘quv binosining holati, auditoriyalar, mashg’ulot jarayonlari, Talabalar turar joyi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
🔰 Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tashabbus va takliflarga quloq tutildi hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
📍 Vazir Hilola Umarova kun davomida Shahrisabz davlat pedagogika instituti qoshidagi Yoshlar markazida ham bo‘lib, talabalar hamda mas'ullar bilan suhbatlashdi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: ayni paytda markazda Institutning Tasviriy san’at, Texnologik ta’lim va Musiqiy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan jami 317 nafar talabaga ikki smenada o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍