Maktab yangiliklari · Sport
“KOSMIK PARVOZ – SUV RAKETASI MUHANDISLIGI” MUSOBAQASI
🚀 “KOSMIK PARVOZ – SUV RAKETASI MUHANDISLIGI” MUSOBAQASI
Sizda nafaqat nazariy bilim, balki haqiqiy raketa konstruktori bo‘lish imkoniyati bor!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘zgacha texnik bellashuv tashkil etilmoqda.
Musobaqa davomida siz o‘z raketangizni loyihalash va uchirish orqali fizika qonuniyatlarini (Nyuton qonunlari va reaktiv harakat) amalda sinab ko‘rasiz. Shu bilan birga, muhandislik va kreativ fikrlash qobiliyatingizni namoyish etasiz, aerodinamika sirlari hamda raketa konstruksiyasining nozik jihatlarini o‘rganasiz.
✅ Talab va shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin
✅ Ishtirok etish uchun 15-aprelga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Agar sizda muhandislikka ishtiyoq va parvozga intilish bo‘lsa — bu imkoniyatni boy bermang!