Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Hurmatli ota-onalar!

01.07.2026 430

Hurmatli ota-onalar!

🖌 Maktabgacha tayyorlov guruhiga yoki 1, 2, 3, 4-sinfga topshirmoqchimisiz?

📌 Toshkent shahrida joylashgan xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhiga hujjat topshirish jarayoni bilan tanishing.

Avvalo, ariza.piima.uz saytiga kiring. Ota yoki onaning shaxsiy ma’lumotlari va telefon raqamini kiriting. SMS-xabarnoma ana shu raqamga yuboriladi.

✅ “Ariza yaratish” oynasida farzandingizning ma’lumotlarini kiritish uchun “Farzand qo‘shish” tugmasini bosing. Farzandingizning yoshini tanlang — “Maktabgacha yoshdagi” yoki “1, 2, 3, 4-sinf”ni belgilang.

❗️DIQQAT! Agar farzandingizni 1-sinfga ro‘yxatdan o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, avvalo uni yashash hududingiz bo‘yicha biriktirilgan umum ta'lim maktabining 1-sinfiga yoki xususiy maktabga ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishingiz shart. Shundan keyingina xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga ariza topshirishingiz mumkin.

✅ Shundan so‘ng farzandingizning ma’lumotlarini kiritib, “Qidirish” tugmasini bosing. Tizimdan farzandingizning raqamli ma’lumotlari topilgach, “Farzand qo‘shish” tugmasini bosing. Endi farzandingizning ma’lumotlari arizaga asos qilib olinadi.

✅“Davom etish” tugmasi orqali keyingi oynaga o‘ting. Bu yerda “Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab”ni tanlang.

✅Yana “Davom etish” tugmasini bosing. Endi farzandingizning fotosuratini yuklang. Bu surat imtihon jarayonida farzandingizni aniqlash uchun xizmat qiladi.

✅ Keyingi oynada Siz kiritgan ma’lumotlar asosida ariza shakllanadi. Barcha ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, “Tasdiqlash” tugmasini bosing.

✨ Tabriklaymiz! Arizangiz qabul qilindi. Ariza raqami SMS-xabarnoma orqali yuboriladi. Biz 24 soat ichida arizangizni ko‘rib chiqamiz va tasdiqlaymiz.

☎️ Agar savollaringiz bo‘lsa, 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.