Maktab yangiliklari · OAV biz haqimizda

Har safar kirish imtihonlari boshlanganida bir fikr xayolimdan o‘tadi: bugun sinovdan o‘tayotgan minglab…

02.07.2026 505

✅ Har safar kirish imtihonlari boshlanganida bir fikr xayolimdan o‘tadi: bugun sinovdan o‘tayotgan minglab o‘g‘il-qizlar orasida ertangi olimlar, muhandislar, shifokorlar, dasturchilar va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini belgilaydigan yoshlar bor.

✅ Shu bois bugun biz nafaqat imtihonlarni tashkil etyapmiz, balki kelajak uchun mustahkam poydevor yaratyapmiz. 2026/2027-o‘quv yilidan Agentlik tizimi yana-da kengayadi. Qo‘shimcha 21 ta yangi ta’lim muassasasi faoliyat boshlaydi va 5 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchi uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

🖌 Bugungi islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri — xalqaro tajribaga tayanayotganimizdir. Ayni kunlarda Marshall Cavendish Education tashkilotining Ta’lim yechimlari rahbari Joy Tan xonim mamlakatimizda bo‘lib, kirish imtihonlari jarayonlarini bevosita kuzatmoqda. Bu hamkorlik baholash tizimini xalqaro standartlar asosida yana-da takomillashtirish, imtihonlarning shaffofligi va xolisligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

✅ Rasmiy sahifalar