Maktab yangiliklari · Tadbirlar

Dunyoning yetakchi san’atkorlari bir nuqtada

25.04.2026 796

⚡️ Dunyoning yetakchi san’atkorlari bir nuqtada

25-30-aprel kunlari Xiva shahrida YUNESKO va TURKSOY shafeligida “Lazgi” III xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi.

Unda dunyo raqqosalarining mohirona chiqishlari, ijodiy bellashuvlar va yorqin taassurotlar - barchasi mujassamdir.

Bu yilgi festivalda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 300 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Festivalning maqsadi, “Xorazm lazgi raqsi” san’atining asriy an’analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san’ati orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko‘lamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iboratdir.

⭐️Ushbu xabarni raqsga qiziqadigan va lazgi tarixini o‘rganmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizga yuborib qo‘ying.

🔹Telegram 🔹Instagram