Maktab yangiliklari · Sport

“MA’NAVIYAT YETAKCHISI” RESPUBLIKA TANLOVI

12.05.2026 609

📢 DIQQAT, E'LON!

“MA’NAVIYAT YETAKCHISI” RESPUBLIKA TANLOVI

🇺🇿“Ma’naviyatni yuksaltirish - Yangi O‘zbekiston poydevorini mustahkamlashdir!”

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport ixtisoslashtirilgan maktablari hamda maktab-internatlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida respublika tanlovi e’lon qilinadi!

🟢Tanlovning bosh maqsadi - ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuqori saviyada tashkil etayotgan, tashabbuskor, fidoyi va zamonaviy fikrlovchi rahbarlarni aniqlash, ularning ilg‘or tajribalarini respublika miqyosida ommalashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishdir.

🟢Agar siz:
🟢yoshlar qalbiga yo‘l topa oladigan;
🟢ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhit yaratayotgan;
🟢innovatsion loyihalar va tashabbuslar muallifi bo‘lgan;
🟢vatanparvarlik, milliy qadriyat va ma’rifat targ‘ibotchisi bo‘lsangiz - unda bu tanlov aynan Siz uchun!

🟢Tanlov davomida eng ilg‘or tajribalar, kreativ yondashuvlar va samarali loyihalar namoyish etiladi.

🟢Tanlovda ishtirok etish uchun maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘tiladi va materiallar elektron shaklda taqdim etiladi.

Eng munosib ishtirokchilar Agentlik tomonidan taqdirlanadi va ularning faoliyati butun respublika bo‘ylab ommalashtiriladi.

Fursatni boy bermang, o‘z tajribangiz, salohiyatingiz va liderlik qobiliyatingizni namoyon eting.