Maktab yangiliklari · Maktab hayoti
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan maktab va bogʻchalarda “Taʼlim barcha uchun” tamoyili asosida inklyuziv…
✅ Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan maktab va bogʻchalarda “Taʼlim barcha uchun” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunda inklyuziv taʼlim sinflari tashkil etilgan maktablar soni 2 023 ta, qamrab olingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar soni 4 509 nafar, inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan bogʻchalar soni 208 ta, jalb etilgan bolalar soni 1 234 nafarni tashkil etmoqda.
Inklyuziv taʼlim joriy etilgan taʼlim muassasalarida nogironligi boʻlgan bolalarning mustaqil harakatlanishlari uchun davlat byudjeti, xalqaro loyihalar hamda homiylik mablagʻlari hisobidan respublikadagi har bir 208 ta tuman (shahar) larda namunaviy shaklda “toʻsiqsiz muhit” yaratildi va bu jarayon doimiy davom ettirilmoqda.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda kasalligi tufayli uyda taʼlim olayotgan 14 568 nafar oʻquvchilarimizning 30 foizi (4370 nafari) ni umumtaʼlim maktablariga yoʻnaltirishni rejalashtirilgan.
Shuningdek, onkologik, gematologik kasalligi bilan davolanayotgan bolajonlarimizning davolanish davomida taʼlimdan uzilib qolmasliklari uchun “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi tashkil etilgan.
Bugungi kunga qadar “Mehrli maktab”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Fargʻona (2023-yil), Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent shahar (2024-yil) hamda Surxondaryo, Xorazm viloyatlari (2025-yil) filiallari tashkil etildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍