Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik

Cambridge University Press & Assessment vakillari Prezident maktablari imtihonlarining asosiy bosqichiga ham…

17.07.2026 619

🖌 Cambridge University Press & Assessment vakillari Prezident maktablari imtihonlarining asosiy bosqichiga ham yetib keldi

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Cambridge University Press & Assessment tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy bosqichiga tayyorgarlik ishlari hamda kelgusi qabul jarayonlari muhokama qilindi.

🖱️ Muloqot davomida qabul sinovlarini xalqaro tajriba asosida tashkil etish, baholash mezonlarini rivojlantirish hamda o‘quvchilarning tahliliy va mantiqiy fikrlashi, muammolarni hal etish ko‘nikmalari va akademik salohiyatini yanada aniq baholashga qaratilgan yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

🖱️ Shuningdek, Cambridge University Press & Assessment vakillari Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy bosqichi jarayonlarida ham ishtirok etadilar. Bu hamkorlik qabul jarayonlarining shaffofligi, xolisligi hamda xalqaro standartlar asosida tashkil etilishini ta'minlashga xizmat qiladi.