Maktab yangiliklari

Bugun turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir, tarixnavis va yirik…

14.02.2026 886

Bugun turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 543 yil to‘ldi.

O‘rta asrlar davlatchiligi va siyosiy hayotida katta o‘rin tutuvchi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining beqiyos aql-zakovati va harbiy salohiyati, yirik sarkarda ekanligi bilan tarixda munosib iz qoldirgan.

U asos ulkan imperiya — Boburiylar sulolasi davrida Hindiston har tomonlama rivojlanadi, bu yerda adabiyot, san’at va shaharsozlik taraqqiy etdi.

Boburning yirik adabiy merosi hamda go‘zal she’riy asarlari hozirga qadar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘rganib boriladi.

Ayniqsa, uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Buyuk bobomizning shonli hayot yo‘li va bebaho adabiy ijodi bugungi kun avlodlari uchun katta iftixor va g‘urur bag‘ishlaydi.