Maktab yangiliklari · Tadbirlar

Bugun “Ta’limda sifat, tanlovda shaffoflik” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maktab…

06.02.2026 1025

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Kelajak_markazlari

✅ Bugun “Ta’limda sifat, tanlovda shaffoflik” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maktab maslahatchiligi lavozimi uchun talabgorlarni saralash bo‘yicha Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.

🔰 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova qatnashib, amalga oshirilayotgan ishlar, oldimizda turgan vazifalar va rejalar haqida so‘z yuritdi.

⏰ Treningda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Respublika "Kelajak markazi" direktori Indira Xoldorova, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda hududiy "Kelajak markazlari" rahbarlari ham ishtirok etishdi.

➖ Seminar doirasida mas‘ullar tomonidan:

➖Maktab maslahatchilari uchun test yakunlari va suhbat o‘tkazish,
➖Kadrlar siyosatini rivojlantirish: zamonaviy yondashuvlar va strategik ustuvorliklar,
➖Hududiy “Kelajak” markazlari faoliyatini tashkil etishda moliyaviy masalalar yuzasidan mahorat darslari tashkil etildi.

🌐 Shuningdek, hududiy “Kelajak” markazlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar bo‘yicha taqdimotlar ham bo‘lib o‘tdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍